Sulsher: Biz g‘alabaga loyiq emas edik

  • 22 dekabr, 2019, 23:11
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" bu tur safarda "Uotford"ga qarshi bahs olib bordi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so‘ng "qizil iblislar" ustozi Ule-Gunnar Sulsher bellashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi o‘yinimiz bilan g‘alabaga loyiq emas edik. Biz to‘p bilan juda sekin harakatlandik. O‘yinni qutqarish uchun etarlicha harakat qilmadik. Birinchi bo‘limda har ikkala jamoa ham o‘rtacha tempda o‘ynadi. Agarda, siz gol urmasangiz, sizga urishadi.

 Bugun g‘alabaga loyiq emas edik. "Uotford" o‘z vaziyatlaridan unumli foydalandi. Biz esa yo‘q. Buning ustida ishlash lozim", - dedi norvegiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!