
Sulsher Eshli Yangni ketish sababini izohladi
"Manchester Yunayted" ustozi Ule-Gunnar Sulsher Eshli Yangning "Inter"ga o‘tish sababini izohlab o‘tdi.
"Eshli 35 yoshda, agar unga ikki yillik shartnoma taklif qilishdi, shubhasiz u bu kelishuvga rozi bo‘ladi. Bu Yang uchun yaxshi taklif bo‘ldi. Biz unga bunday taklif berishga tayyor emasdik.
Yang "Manchester Yunayted" uchun etarlicha xizmat qildi. Klubga kelganidan so‘ng unvonlarga ega chiqdi, jamoa sardori bo‘ldi. Ammo endi bizda yangi yosh futbolchilar bor", - deydi murabbiy.
Fikrlar