Sulsher jamoasi PSJ to‘sig‘idan o‘ta olishiga ishonmoqda
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher PSJga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL 1/8 final javob bahsidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Hozir biz o‘z kuchimizga juda ham ishonamiz. Istalgan raqibni mag‘lub eta olishimizni his qilyapmiz. PSJga qarshi o‘yinda juda qiyin bo‘ladi, ammo, biz shu kuni o‘zimizga kerakli natijaga erisha olishimizga ishonamiz. Barcha futbolchilarimiz kambek qila oladigan buyuk jamoada o‘ynayotganliklarini bilishadi”, - deydi norvegiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, MYu va PSJ jamoalarining “Old Trafford”da o‘tkazilgan dastlabki bahsi 2:0 hisobida parijliklar foydasiga hal bo‘lgan edi. Ular o‘rtasidagi javob o‘yini esa 6 mart sanasiga rejalashtirilgan.

Fikrlar