Sulsher: Klopp hozirgi jamoasini to‘rt yilda shakllantirdi

  • 24 yanvar, 2020, 15:58
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jurnalistlar tomonidan berilgan jamoa turnir jadvalidagi vaziyatini o‘nglash uchun katta xaridlarni amalga oshirish kerakmi degan savolga javob berdi.

"O‘zimizni ish olib borish uslubimiz bor. Albatta, boshqa jamoalarda barchasi joyida ekanligini ko‘rib turibmiz, biroq Klopp ham hozirgi jamoasini shaklantirish uchun to‘rt yil ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Oldin ham ko‘p marotaba bu haqida aytganman. Tezda barchasini to‘g‘rilay olmaysiz.

Bir transfer oynasi vaqtida 8-10 ta yangi futbolchilarni xarid qila olmaymiz. Bizda faqat bitta to‘laqonli transfer oynasida ishlash imkoni bo‘ldi, yanvarda esa xarid ishlari oson kechmaydi. Ammo shunda ham biron ish amalga oshirishga urinyapmiz", - deydi Sulsher.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!