
Sulsher Kloppning fikrlariga javob qaytardi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Manchester Siti"ga qarshi kechadigan Angliya ligasi kubogi bahsi oldidan Yurgen Kloppning fikrlariga javob berdi:
"Menda ularning nechta penalti tepganini sanab o‘tirishga vaqt yo‘q. Bizning jarima maydoni ichida necha marotaba fol bilan to‘xtatib qolinishimizni ham hisoblab o‘tirmayman. Bu kimlarnidir qiziqtirsa, bemalol gapirishlari mumkin. Mening bunday ishlarga vaqtim yo‘q", - dedi norvegiyalik mutaxassis.
Avvalroq, "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp:
"Men "Liverpul"ga kelganimga 5,5 yil bo‘ldi. Shu vaqt davomida ishlab olgan penaltilarimiz MYuning so‘nggi 2 yildagi penaltilari bilan teng. Bu shunchaki yuzaga kelishi mumkin bo‘lmagan holat", - degan edi.
Fikrlar