Sulsher Lukakuni yana tarkibga kiritmadi. Asl sabab nima?

  • 30 iyul, 2019, 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" klubi forvardi Romelu Lukaku jamoasining bo‘lajak o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yubooradi.

Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra MYu bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher “Inter” bilan muzokaralar o‘tkazayotgani uchun uni tarkibga jalb etmadi. Biroq, rasmiy ma’lumotlarga qaraganda Lukauning jarohati mavjud. Biroq, u shu kungacha umumiy guruhda shug‘ullanib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Lukaku hozircha “qizil iblislar”ning mavsumoldi uchrashuvlarining birortasida maydonga tushgani yo‘q.

Ta’kidlash kerakki, “Manchester Yunayted” Lukaku uchun 85 mln evro so‘ramoqda. Biroq, bu narx “Inter”ni qoniqtirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!