Sulsher: MYu Pogba va Lukakuni sotmasligi kerak

  • 10 iyul, 2019, 13:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher jamoa etakchilari hisoblangan Pol Pogba hamda Romelu Lukakularning sotib yuborilishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Bizning futbolchilarimiz to‘g‘risida ko‘plab gaplar va mish-mishlar bo‘ldi. Men uchun bu odatiy holat. Men bu haqda Pogba bilan ham, Lukaku bilan ham va Reshford bilan ham gaplashdim. Bilishimcha ushbu futbolchilarning birortasi haqida klubga rasmiy taklif kelib tushmagan. Biz bu futbolchilarni sotmasligimiz kerak”, - deydi norvegiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pogbaga “Real” va “Yuventus”, Lukakuga esa “Inter”dan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!