
Sulsher MYuga "Atletiko" futbolchisini olib kelmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Tomas Partey yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Footballghana.com nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 25 yoshli ganalik futbolchini uning shartnmoasida ko‘rsatilgan 50 million evrolik tovon puli evaziga sotib olishga tayyor.
MYu bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher ushbu futbolchini jamoadan ketadigan Andera Errera o‘rniga munosib ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Partey joriy mavsum “Atletiko” safida jami 42ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar