
Sulsher MYuning yangi sardori kim bo‘ladi degan savolga javob berdi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher sardorlik bog‘ichi kimga berilishi haqida hali ham yakuniy qarorga kelmadi.
Eslatib o‘tamiz, MYuning avvalgi sardori Luis Antonio Valensiya shartnomasi yakunlangach jamoani tark etgan etdi.
"Biz hozirda 2ta nomzodni ko‘rib chiqyapmiz. Bu boradagi yakuniy qarorimni mavsum boshida e’lon qilaman. Mavsumoldi yig‘inlarida sardor Eshli Yang bo‘ladi", - deydi norvegiyalik mutaxassis Goal.com nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar