Sulsher Pogbadan voz kechdi. Pol yanvarda ketadi!

  • 10 dekabr, 2020, 18:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogba atrofidagi xabarlar ko‘payib bormoqda. Oxirgi yangiliklarga qaraganda, frantsiyalik futbolchi o‘zini qo‘yib yuborishni so‘rab, bosh murabbiy Sulsherga murojaat qilgan.

Tecno

Norvegiyalik murabbiy Pogbaning professionalligini yuqori baholagan holda, Manchesterda o‘zini baxtli his qila olmayotganini inobatga olib, uni qishki transferlar vaqtida qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani aytilmoqda.

Aslida Pogbaning klub bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi. Klubda kelishuvni bir tomonlama bir yilga uzaytirish huquqi bor. Pogba yangi shartnomaga ko‘nmaganidan keyin manchesterliklar rahbariyati kelishuvni uzaytirishni reja qilgandi.

Ayni paytda frantsiyalik yarim himoyachiga “Real” va “Yuventus”dan  qiziqish bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!