
Sulsher qachon iste’foga chiqarilishi mumkin?
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher joriy oy so‘nggida o‘z lavozimini tark etishi mumkin.
The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qizil iblislar” rahbariyati agar 27 oktyabr kuni MYu premer-liga doirasida “Norvich”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda imkoniyatni boy bersa, norvegiyalik mutaxassisni iste’foga chiqarish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted”ni “Norvich” bilan o‘yinga qadar “Liverpul” va Evropa ligasidan o‘rin olgan “Partizan”ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.
Ma’lumot uchun, MYu ayni damda APL musobaqa jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi. Bundan avvalroq jamoa xo‘jayini va rahbariyat Sulsherga ishonch bildirishda davom etmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar