
Sulsher: Qolgan 6ta o‘yinda 15 ochko jamg‘arishimiz shart
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher APLning qolgan turidagi maqsadi nima bo‘lishini aytdi.
“Biz xalqaro tanaffusdan so‘ng oxirgi 8ta bahsda 18 ochko to‘plashimiz shart edi. Biz ularning 2tasini o‘tkazib bo‘ldik va bor yo‘g‘i 3 ochko ola bildik. Endi biz qolgan 6ta o‘yinda 15 ochko jamg‘arishimiz lozim. Bundan buyon bizni xato qilishga haqqimiz yo‘q”, - deydi norvegiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, MYu ayni damda APLning ortda qolgan 32ta tur yakunlariga ko‘ra 61 ochko bilan musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Endi “qizil iblislar” chempionatning qolgan 6ta bahsida "Vest Xem" (uyda), "Everton" (mehmonda), "Manchester Siti" (uyda), "Chelsi" (uyda), "Xaddersfild" (mehmonda) va "Kardiff" (uyda) jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar