Sulsher Reshfordning jarohati haqida ma’lumot berdi

  • 4 dekabr, 2020, 20:10
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted"ning EChLdagi PSJga qarshi bahsida jamoa etakchisi Markus Reshford jarohat olgandi. "Qizil iblislar" bosh murabbiyi futbolchining jarohati xususidagi so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi:

"Markus bugun tongda mashg‘ulotlarga qo‘shildi. To‘liq tartibda bo‘lmasa ham, jamoadoshlari bilan birga ishladi. Unda elkasi bilan bog‘liq muammolar bor. APLda kelgusi turda maydonga tushadimi yoki yo‘q, aniq bilmayman. Yakuniy mashg‘ulotlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi", - dedi norvegiyalik mutaxassis. 

Mankunianlar 11-turdagi uchrashuvini ertaga "Vest Xem"ga qarshi o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!