Sulsher "Uotford" mag‘lub etilganidan so‘ng nimalar dedi?

  • 23 fevral, 2020, 22:49
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher APL 27-turi "Uotford" bilan bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Yaxshi g‘alaba bo‘ldi. Ikkita muxim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Gollarni va quruq o‘yinni esa alohida ta’kidlab o‘tishim kerak. Endi esa mana shunday ruxda davom etishimiz kerak.

Birinchi taymda raqibga bir qancha imkoniyatlar taqdim qildik. Ammo asta sekin o‘zimiz ham gollik vaziyatlar yaratishni boshladik.

Brunu Fernandesh jamoaga juda yaxshi moslashmoqda. U jamoada etakchilikni qo‘lga olishga intilmoqda", - deydi Sulsher.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!