Sulsher yangi futbolchini nishonga oldi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi “Zaltsburg” yarim himoyachisi Dominik Soboslaini o‘z shogirdlari orasida ko‘rmoqchi.
Aslida 20 yoshli futbolchini “Arsenal” transfer qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Sulsher manchesterliklar rahbariyatidan iste’dodli futbolchini olib kelishni talab qilmoqda.
Avstriyaliklar bu futbolchini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti. Biroq, ular 30 million evro miqdoridagi puldan ham voz kecha olmaydi.
Soboslaiga Angliya grandlaridan tashqari, PSJ, “Atletiko” va “Napoli”dan ham jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.

Fikrlar