
Sulsherga MYu kerak emasmi?
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher klub bilan shartnomasini yangilashga shoshilmasligini ma’lum qildi.
Uning amaldagi kelishuvi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Norvegiyalik mutaxassis jamoada qolish bo‘yicha rahbariyat bilan muzokaralarga kirishmoqchi emas.
Shunga qaramay, Sulsher jamoaning uzoq muddat davomida rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilganini alohida ta’kidladi.
Sulsher o‘tgan mavsumda qiyin ahvolda qolgan jamoani g‘alabalar sari etaklay olgan edi. Uning qo‘l ostida “Manchester Yunayted” Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Joriy mavsumda esa, Angliya premer-ligasida jamoaning ishlari yurishmayapti. Sulsher shogirdlari sakkizta uchrashuvdan so‘ng,13 ochko bilan 13-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar