“Suonsi” Sansheshning ijarasi uchun “Bavariya”ga qancha to‘laydi?

  • 1 dekabr, 2017, 11:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Portugaliyalik yosh iqtidor Renatu Sansheshni 1 yillik ijaraga olgan “Suonsi” jamoasi “Bavariya”ga qancha pul to‘lashi ma’lum qilindi.

Sky Sports nashrining xabar berishicha, “oqqushlar” 1 yillik ijara uchun myunxenliklarga qariyb 8 million evro to‘laydi. 20 yoshli futbolchi “Suonsi”da haftasiga 50 ming funt maosh oladi.

Joriy mavsumda Renatu Sanshesh APLning 8 o‘yinida maydonga tushdi, ammo hech qanday samarali natija qayd eta olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!