
Super kambek: "Barselona" 120 daqiqalik og‘ir jangda "Granada"dan ustun keldi
Ispaniya Qirol kubogining chorak finalidan o‘rin olgan navbatdagi bellashuvda "Granada" va "Barselona" jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Ushbu uchrashuvda kataloniyaliklar 5:3 hisobida zafar quchdi.
33-daqiqada Kenedi va 47-daqiqada Soldado tomonidan urilgan gollar tufayli, "Granada" erta xotirjamlikka berildi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida, aniqrog‘i, 88-daqiqada Messining uzatmasidan so‘ng, Antuan Grizmann hisobni qisqartirdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisi o‘tib borayotganda frantsuz hujumchisi uzatgan to‘pni Xordi Alba darvozaga joylab qo‘ydi. O‘yin asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlangach, bosh hakam Xose Sanches Martines qo‘shimcha bo‘limlarni boshlab berdi. 100-daqiqada Grizmann, 108-daqiqada De Yong va 113-daqiqada Alba tomonidan kiritilgan gollarga mezbonlar safidan Fede bir marotaba javob berdi.
Shu tariqa, Ronald Kuman shogirdlari yarim final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar