Super to‘purar Pirloning taklifini qabul qilmadi

  • 26.08.2020 22:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Urugvaylik to‘purari Edinson Kavani sobiq jamoasi “Napoli”ga bo‘lgan hurmatidan Andrea Pirloning “Yuventus”ga chorlovini qabul qilmadi.

PSJni erkin agent sifatida tark etgan Kavani o‘z vaqtida “Napoli” uchun 138 ta uchrashuvda 104 ta gol urgan edi.

Bungacha Kavani “Benfika” bilan muzokara olib borgandi. Lekin tomonlar maosh miqdori bo‘yicha kelisha olmadi. Tajribali futbolchiga qator jamoalar qiziqish bildirmoqda. Lekin uning maoshini ko‘tarish ko‘p klublarning moliyaviy imkoniyatiga to‘g‘ri kelmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!