Superfutbolchi “Barsa”ga rozilik berdi

  • 16.01.2021 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ronald Kuman “Barselona”ni qabul qilib olganidan buyon Kataloniyaga chaqirayotgan Jorjino Veynaldum nihoyat, bir qarorga keldi. Aslida Kuman Niderlandiya terma jamoasidagi shogirdini o‘tgan yozgi transferlar vaqtida olmoqchi edi.

“Liverpul”ning muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shib kelayotgan iste’dodli yarim himoyachining inglizlar bilan kelishuvi mavsum oxirida yakuniga ketdi. Niderlandiyalik futbolchi shartnomani yangilash bo‘yicha takliflarni qabul qilmadi.

Aslida “Barselona” uni qishki transferlar vaqtida ham arzonroq summaga sotib olishi mumkin edi. Lekin Kataloniya klubining hozirgi moliyaviy ahvoli bunga yo‘l qo‘ymayapti.

Endi “Barselona” mutasaddilari futbolchi vakillari bilan uchrashib, uni yozda erkin agent sifatida kelishi va shaxsiy shartnomasi bo‘yicha kelishib olishni mo‘ljallamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!