Supergol urgan Fayzullaevning narxi 20 baravar oshadi!

  • 1 fevral, 2024, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarda davom etayotgan Osiyo kubogida O‘zbekiston milliy terma jamoasi nimchorak final uchrashuvida Tailand futbolchilarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrin uchun yurishni davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Keskin va murosiz o‘tgan bellashuvda Azizbek Turg‘unboev hisobni ochgan bo‘lsa, uchrashuvning eng faol o‘yinchisi sifatida e’tirof etilayotgan Abbosbek Fayzullaev g‘alaba to‘pini kiritdi. Asosiyo tarkibga yorib kirgan har ikki futbolchimizning qit’a chempionatida urgan gollari soni ikkitani tashkil qilmoqda.

fbl-asia-2023-match41-uzb-tha-125905_3839899_20240130214641

Abbosbek Fayzullaev klublar miqyosidagi faoliyatini Rossiya Premer-ligasining TsSKA klubida davom ettirayotgani bois rus futbolini yoritayotgan manbalar O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlarini keng yoritib bormoqda.

Ayniqsa, Rossiya klubi a’zosi hisoblangan 20 yoshli hujumkor futbolchi gol ursa, futbolga ixtisoslashgan barcha manbalar bu haqida yozmoqda.

Xususan, news.sportbox.ru sayti eksperti Denis Petrov O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi uchrashuv tahlilida Abbosbek Fayzullaevning harakatlariga alohida e’tibor qaratdi.

- Uchrashuvda o‘zbekistonliklar ilk daqiqalardan tashabbusni o‘z qo‘liga olib, raqibga hujum haqida o‘ylash imkonini ham bermadi. Maydondagi asosiy qahramonlardan biri Abbos Fazullaev bo‘ldi. U imkon bo‘lishiga jamoadoshlarini to‘p bilan ta’minladi.

Tailandliklar TsSK futbolchiga qarshi juda qo‘pol o‘ynadi. Uchrashuv boshidayoq himoyachilar Fayzullaevning oyog‘iga ikki marta qattiq tepib yiqitdi.

Qo‘polliklar Abbosni cho‘chitgani yo‘q. U dribling va aniq paslar bilan raqib himoyasini bosim ostida ushlab turdi. Dastlabki gol Fayzullaev boshlagan hujumdan keyin ochildi. Abbosdan to‘pni qabul qilib olgan Diyor Xolmatov Azizbek Turg‘unboevni golli pozitsiyaga chiqardi.

O‘zbekiston javob golini o‘tkazib yuborganidan keyin yana asosiy planga Fayzullaev chiqdi va g‘alaba to‘pini kiritdi. Bu Abbosning ikkinchi to‘pi. 20 yoshli yigitcha faoliyatidagi dastlabki eng katta turnirda ajoyib natija qayd etmoqda.

Fayzullaev yosh bo‘lishiga qaramay,  Osiyo kubogida qatnashayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar orasida eng qimmatbaho o‘yinchi hisoblanadi,. Osiyo kubogi boshlangunicha, u 4 million evroga baholanayotgan edi.

Katta musobaqalardagi muvaffaqiyatlar yosh o‘yinchining transfer narxini sezilarli darajada oshiradi. Ikkita gol va eng muhimi, Abbos ko‘rsatayotgan o‘yinning darajasi futbolchining narxi keyingi ikki haftada keskin oshishidan dalolat bermoqda.

Fayzullaev TsSKAga o‘tgunicha yoshlar terma jamoasidagi o‘yinlari orqali Evropa skautlariga yaxshi tanilgan edi. Abbosga Niderlandiya, Portugaliya va Turkiya klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lgan, biroq “armiyachilar” uni qo‘lga kiritib katta ishni amalga oshirgan bo‘lib chiqdi.

Rossiyalik muxlislar yozda Fayzullaev degan futbolchini tanimasdi va shu bois uning TsSKAga transferini g‘alati qabul qilishdi. Asosiy raqobatchi “Spartak” Evropadan o‘yinchilar olishga millionlab pul sarflayotgan paytda “armiyachilar” 500 ming evroga hech kim tanimaydigan o‘yinchini oldi.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisiga o‘z darajasini ko‘rsatib qo‘yish uchun bir juft uchrashuv kerak bo‘ldi xolos.

Fayzullaevning salohiyati uning bozori chaqqon bo‘lishidan dalolat bermoqda. TsSKA uni yozda 10 million evrodan boshlab taklif qilinadigan narxga qo‘yib yuborib, sarflagan pulini 20 baravar ortig‘i bilan chiqarib olishi kutilmoqda, - deb yozdi news.sportbox.ru sayti eksperti Denis Petrov.

uzb-abbos

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan muhim uchrashuvda musobaqa mezbonlari - Qatar futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Shomurodovni bizga bering! Eldorga kutilmagan xaridor chiqdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Zamon
31/01/2024 08:17
Haloli bulsin Abbos usishda davom etsa buldi