Supergol urgan legionerimiz nimalar dedi?

  • 19 sentabr, 2021, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionatining 3-turida BATEdagi legionerimiz Shahboz Umarov chempion jamoa – “Shaxtyor-Soligorsk” darvozasiga supergol kiritib, jamoasiga qimmatli uch ochkoni keltirdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, BATE futbolchilari musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Tecno

179956_680

BATE klubi matbuot xizmati uchrashuvdan keyin o‘yin qahramoni bo‘lgan Shahboz Umarovdan interyu oldi.

O‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga ushbu intervyuning tarjimasini havola etamiz.

- Hissiyotlarimizning cheki yo‘q. Biz asosiy raqobatchimizni quvyapmiz va bu uch ochko jamoa uchun juda kerak edi. Natijada g‘alaba qozondik va hammaning kayfiyati a’lo darajada.

- Noqulay ob-havo sharoitida o‘ynash og‘irlik qilmadimi?

- Nega endi? Haqiqiy futbol havosi. Angliyaniki! Ha, agar behazil aytadigan bo‘lsam, maydonning ayrim joylari ko‘lmak bo‘lib, to‘p to‘xtab qoldi. Umuman olganda esa, hammasi joyida. Men shunaqa oh-havoni yaxshi ko‘raman. Yomg‘ir yog‘ayotganda charchamaysan.

- O‘z golingni ta’riflab ber. Aslida bu zarba emas, to‘p uzatish edimi?

- Ha. Kuchli va darvoza tomon yo‘llangan to‘p edi. Kimdir unga teginib, gol urishini mo‘ljallagandim. Natijada to‘p hech kimga tegmay, to‘g‘ri darvozaga kirib ketdi.

03.04.2021_bate_gomel_55

- Kiyim almashtirish xonasida sheriklaring senga nima deyishdi?

- Nega faqat menga gapirishlari kerak? Hammaning quvonchi cheksiz edi. So‘nggi daqiqalardagi g‘alaba – doimo o‘zgacha hissiyotlar beradi. Hozir uyga qaytib, biroz hordiq chiqarib, yana mashg‘ulotlarga sho‘ng‘iymiz. Oldinda “Rux”ga qarshi yana bir juda muhim uchrashuv bor.

- BATE peshqadamga aylandi. Lekin “Shaxtyor-Soligorsk” zaxirasida yana uchta o‘yin bor.

- Biz o‘zimizga ishonamiz. Chempionlik poygasi davom etadi. Biz bu poygada boshqalarga qarab o‘tirmaymiz. Birinchi navbatda, oldimizdagi o‘zimizning vazifalarimizni bajarishimiz kerak. Birorta uchrashuvni boy bermasligimiz shart. U yog‘ini keyin ko‘ramiz. Hammasi o‘z qo‘limizda ekaniga ishonchim komil!

01F05495-942C-41FC-A6BB-06638854D63A-820x420

Shahboz Umarov o‘tgan mavsumda “Energetik-BGU” tarkibida BATE darvozasiga uzoq masofadan supergol urganidan keyin Belarusning eng qudratli jamoasi hisoblangan ushbu klub uni transfer qildi. O‘tgan yili “Energetik-BGU” borisovliklarni har ikki davrada enggan yagona klub bo‘ldi. Birinchi uchrashuvda Jasur Yaxshiboev g‘alabani ta’minlagan bo‘lsa, Borisovdagi bahsda Shahboz Umarov o‘yin qahramoni bo‘lgandi.

Yangi mavsumni ngi jamoa safida boshlagan legionerimiz bu erda ham o‘zini ko‘rsata oldi. Dastlabki turlardan gol va golli paslar muallifi bo‘ldi va jamoa etakchisiga aylandi. Shahboz Umarov BATE tarkibida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga oltita gol urdi va jamoadoshlarini etti marotaba golli uzatma bilan ta’minladi.

Shahboz Umarov etakchiligidagi BATE oliy liganing navbatdagi uchrashuvini 25 sentyabr kuni safarda “Rux” futbolchilariga qarshi o‘tkazadi. “Rux” joriy mavsumda “Shaxtyor-Soligorsk” mag‘lub eta olgan birinchi jamoa hisoblanadi.

Legionerimizning “kulgili goli" asosiy raqibni tiz cho‘kdirdi

Evropa tomonlardagi legionerimizning goli muhim g‘alaba keltirdi

Chempionlar ligasida zafar quchgan Yaxshiboev jamoasi haqida antiqa ma’lumot

Yaxshiboevni UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichida debyut kutmoqda! U turnirning eng zaif jamoasini “Shaxtyor”, “Real” va “Inter”dan qutqara oladimi?

Shomurodovga munosib bahoni Rim xalqi berdi va Eldor o‘z fikrini bildirdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
solijon bobokulov
19/09/2021 11:22
Katanets, haydarov¡¡!!!!!!!!!!!!!