Supergol urilgan bahsda Sergeevning jamoasi sovrin egasiga aylandi (video)

  • 02.03.2022 20:54
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Tobol" va "Qayrat" jamoalari o‘rtasidagi Qozog‘iston Superkubogi uchun kechgan bahs nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, kostanayliklar futbolchisi Mujikov penaltidan yo‘llagan aniq zarbasi evaziga hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakuniga qadar Joau Paulo muvozanatni tiklagan bo‘lsa, Jaksilikov 83-daqiqada darvozani ishhol etib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, Igor Sergeev jamoasi bilan Superkubok egasiga aylandi. Quyida mehmonlar futbolchisi kiritgan super golni tomosha qiling.

SnapInsta_275106662_173464448344125_5602635886301524272_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!