
Superhujumchi raqib bilan muzokara qilgani uchun rasmiy uchrashuvlardan chetlatildi
“Nyukasl”ning eng zo‘r hujumchisi Aleksandr Isaak murakkab vaziyatga tushib qoldi. Bosh murabbiy Eddi Xau shvetsiyalik hujumchi “Liverpul” bilan muzokaraga kirishgani bois, dastlabki rasmiy uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.
- Aleksandr Isaak masalasini muhokama qildik va uni hozir umumiy guruh bilan ishlashiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Bu qancha davom etishini bilmayman. Muhokamalarimiz sirligicha qolishi kerak, biroq men uni ishga jalb qilolmasligimni aytishim kerak.
O‘zimga qolsa, Aleks bugun o‘ynashini, ertaga yana mashg‘ulotlarda qatnashishini istayman. Shunisini aniq ayta olamanki, bu o‘yinchi safimizda bo‘lishi bizni xursand qiladi.
Men vaziyat xuddi shu shaklda echim topishini istayman. Ammo “Aston Villa” bilan bo‘ladigan birinchi rasmiy uchrashuvimizgacha vaziyat o‘zgaradiganga o‘xshamaydi. Jamoamizning muhim bo‘lagini yo‘qotayotganimiz jahlimni chiqaryapti, - dedi Eddi Xau.
Avvalroq, Aleksandr Isaak “Liverpul”ga o‘tishga harakat qilayotgani, lekin klub rahbariyati uni qo‘yib yubormagani va chempion jamoaning 111 million funtlik taklifini qabul qilmagani haqida ma’lumotlar chiqqan edi.
Fikrlar