Superhujumchi “Real”ga o‘tishdan bosh tortdi. U “Qirollik klubi”dan norozi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Julian Alvares “Real” uning transferi uchun “matraschilar”ga 150 million yevro taklif qilgani haqidagi ommaviy bayonotdan norozi bo‘lib qoldi.
Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar to‘liq uzilgan. Bu haqida Sport.es sayti xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Alvares o‘zi istamagan holda asosiy qahramonga aylangan ushbu voqeadan uzoqlashishni istamoqda. Futbolchi atrofidagilarning fikricha, “Real” uning shaxsidan “saylovchilar uchun o‘lja” sifatida foydalangan.
Alvares va uning vakillari vaziyatni “Barselona” bilan ham muhokama qilgan. Kataloniya klubida hujumchining “Real”ga o‘tishi mumkinligidan xavotir yo‘q, chunki ular futbolchining o‘z jamoalarida o‘ynash istagini yaxshi bilishadi.
Kataloniya superklubini Julian Alvaresga “Pari Sen-Jermen” va “Arsenal” og‘iz solayotgani ko‘proq tashvishlantirmoqda.

Fikrlar