Superklub Alabani to‘rt yillik shartnomaga ko‘ndirdi

  • 29 mart, 2021, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum yakunlanishi bilan “Bavariya”ni tark etadigan universal himoyachi David Alaba faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi.

Evropaning bir necha grand klublari bilan muzokara olib borgan o‘yinchi “Real”ga og‘zaki rozilik bergani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, 28 yoshli futbolchi erkin agent sifatida Madridga boradi va “Qirollik klubi” bilan 2025 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolaydi. Unga ko‘ra, avstriyalik himoyachi yiliga 10 million evro maosh oladi.

Agar tomonlar o‘rtasida bitim imzolansa, madridliklar Davidning otasi Jorj Alaba va agenti Pini Zaxaviga 20 million evro miqdorida bonus to‘lashi kerak bo‘ladi.

David Alaba joriy mavsumda “Bavariya” tarkibida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkitadan gol va golli pasga mualliflik qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!