Superklub “Real”dan uch futbolchini olib ketadi

  • 19.05.2026 09:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning “Yuventus” klubi yozgi transfer oynasi davrida tarkibini Madriddning “Real” jamoasi oʻyinchilari bilan kuchaytirishni moʻljallayapti.

Tuttosport nashri xabar berishicha, turinliklar madridliklarning  chap qanot himoyachisi Fran Garsiya va hujumkor futbolchisi Braim Diasga qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, A Seriya klubi mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan markaziy himoyachi David Alabani taklif qilish imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda.

Transfermarkt bahosiga koʻra, 26 yoshli Garsiya va Diasning bozor qiymati mos ravishda 12 va 35 million evroni tashkil qiladi.

33 yoshli Alabaning narxi esa 3,5 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!