
Superkompyuter Chempionlar Ligasida "Barsa" g‘olib bo‘lishini tahmin qildi
"Opta" analitik superkompyuteri 2024/25-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi favoritlarini aniqladi. Unga ko‘ra, “Barselona” turnirda g‘olib chiqish uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Kataloniyaliklarning chempion bo‘lish ehtimoli — 23.1 foizni tashkil etmoqda.
Ularning ortidan PSJ (19.3%), "Arsenal" (15.6%) va "Inter" (13.8%) kabi klublar kelmoqda. Madridning “Real” klubi esa 12.2% ehtimol bilan kuchli beshtalikni yakunlab turibdi.
"Bavariya" 10.8%, "Aston Villa" 3.7% va "Borussiya Dortmund" 1.5%ga baholanmoqda.
Ko‘rinib turibdiki, eng katta imkoniyat Kataloniya klubida. PSJ va "Arsenal" esa asosiy raqobatchilar sifatida ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, EChL chorak final bahslari 8-9 aprel kunlari bo‘lishi rejalashtirilgan.
Fikrlar