
Superliga-2019. Jamoalarning g‘alabali va mag‘lubiyatli seriyasi (2-qism)
O‘zbekiston Superligasining 2019 yilgi mavsumida qatnashgan barcha jamoalarning g‘alabali, g‘alabasiz, mag‘lubiyatli va mag‘lubiyatsiz seriyalarini e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Kuni kecha, chempionatni kuchli to‘rtlikda yakunlagan jamoalarning seriyalarini namoyish etgan edik. Bugun siz 5-9-o‘rinlarni egallagan klublarning seriyalari bilan tanishasiz.
"Metallurg" jamoasi mavsumni yomon o‘tkazmadi. Ammo, jamoa ketma-ket g‘alabalarni qo‘lga kiritishda faollik ko‘rsatmadi. 15-16 ketma-ket 2 ta bellashuvda zafar quchgan bekobodliklarning, bu eng uzun g‘alabali seriyalari bo‘ldi. Bekobod klubining g‘alabasiz seriyasi 7-turdan boshlab, 13-turgacha davom etdi. Bu 7 ta bahsni o‘z ichiga oldi. "Metallurg" mavsumning so‘nggi uchrashuvlarida o‘zining eng uzun mag‘lubiyatsiz seriyasini ko‘rsatib berdi. Ya’ni, bekobodliklar 4 ta bellashuv, 23-26-turlarda mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rishmadi. G‘alabali seriya ko‘ngildagidek bo‘lmagani bilan bir qatorda, mag‘lubiyatli seriya ham uzoq davom etmadi. "Metallurg" klubining 16 va 17-turlardagi mag‘lubiyati ketma-ket ikkita o‘yindan iborat bo‘lgan seriyani tashkil etib berdi holos.
G‘alabali seriya: 2 ta o‘yin.
G‘alabasiz seriya: 7 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatsiz seriya: 4 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatli seriya: 2 ta o‘yin.
"Surxon" klubining g‘alabali seriyasi 3 ta uchrashuvni tashkil etdi. Surxondaryo klubi bunday natijaga 2 bor, 8-10-turlarda va 18-20-turlarda erishdi. 13-17-turlar davomida "Surxon" birorta g‘alabani qo‘lga kirita olmadi va bu bilan, 5 ta bahsdan iborat bo‘lgan eng uzun g‘alabasiz seriyasini ko‘rsatib berdi. "Metallurg", "Dinamo", "So‘g‘diyona" va "Paxtakor"ga qarshi kechgan 1-4-turlardagi uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lmagan surxondaryoliklarning 4 ta o‘yinni o‘z ichiga olgan eng uzun mag‘lubiyatsiz seriyasi bo‘ldi. "Surxon" 13-15-turlarda ketma-ket 3 bahsda mag‘lub bo‘lib, o‘zining eng uzun mag‘lubiyatli seriyasini qayd etdi.
G‘alabali seriya: 3 ta o‘yin.
G‘alabasiz seriya: 5 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatsiz seriya: 4 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatli seriya: 3 ta o‘yin.
"Nasaf" jamoasi qatorasiga 3 ta bellashuvda g‘alabani qayd etdi. Bu holat, 12, 13 va 14-turlarda "Metallurg"ga va 2 bor "Surxon"ga qarshi bahslarda qayd etildi. "Ajdarlar"ga 17-21-turlarda, ketma-ket 5 uchrashuvda g‘alaba nashidasini surish nasib etmadi. OFK Kubogining 2011 yilgi chempioni yakunlangan mavsumda 2 marotaba 4 ta bahsdan iborat bo‘lgan mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etdi. Bu 6-9 va 11-14-turlarda sodir bo‘ldi. 3-turda "Paxtakor" (1:2) ga, 4-turda "Navbahor" (0:1) ga va 5-turda "Andijon" (1:3) ga imkoniyatni boy bergan qashqadaryoliklarning, bu eng uzun mag‘lubiyatli seriyasi bo‘ldi. "Etiborli tomoni, "Nasaf"ning seriyalari "Surxon" jamoasiniki bilan bir xil ko‘rinishga ega bo‘ldi.
G‘alabali seriya: 3 ta o‘yin.
G‘alabasiz seriya: 5 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatsiz seriya: 4 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatli seriya: 3 ta o‘yin.
2018 yilgi O‘zbekiston kubogining chempioni AGMK klubi 2 bor 2 ta uchrashuvda ketma-ket g‘alabaga erishdi. 21-22 va 24-25-turlarda ushbu kichik seriyani qayd etdi. 8-11-turlarda olmaliqliklar g‘alaba qozonishni uddasidan chiqa olishmadi. 4 uchrashuvni tashkil etayotgan o‘yinlar AGMKning eng uzun g‘alabasiz seriyasi bo‘ldi. Olmaliq klubining mag‘lubiyatsiz seriyasi 5 ta bellashuvdan iborat bo‘ldi. Jamoa 21-25-turlar davomida barqarorlikni ko‘rsatib, imkoniyatsiz qolmadi. 4-5-6-turlarda va 7-8-9-turlarda AGMK qatorasiga 3 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi.
G‘alabali seriya: 2 ta o‘yin.
G‘alabasiz seriya: 4 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatsiz seriya: 5 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatli seriya: 3 ta o‘yin.
Yuqori maqsadlar sari dadil intilgan "Navbahor" klubi 2 bor 2 ta o‘yinni tashkil etgan g‘alabali seriyani ko‘rsatib berdi. Bu, 4-5-turlarda "Nasaf" va "Surxonga qarshi, 12-13-turlarda esa "Buxoro" va "Qizilqum"ga qarshi o‘yinlarda amalga oshdi. Namangan jamoasining eng uzun g‘alabasiz seriyasi 22-26-turlarda qatorasiga 5 ta uchrashuvni tashkil etdi. Mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etish bo‘yicha "Navbahor"ning natijasini a’lo darajada desak ham bo‘ladi. Namanganliklar 4-turdan boshlab, 13-turgacha hech kimga mag‘lub bo‘lishmadi va seriya 10 ta bahsni tashkil etdi. Jamoaning eng uzun mag‘lubiyatli seriyasi bor-yo‘g‘i 2 ta o‘yindan iborat bo‘ldi. Bunday seriya 3 bor kuzatildi. 2 va 3-turlarda "Bunyodkor" va "Lokomotiv"ga, 18-19-turlarda esa "Metallurg" va "Paxtakorga hamda 24 va 25-turlarda yana "Bunyodkor" va "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
G‘alabali seriya: 2 ta o‘yin.
G‘alabasiz seriya: 5 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatsiz seriya: 10 ta o‘yin.
Mag‘lubiyatli seriya: 2 ta o‘yin.
Fikrlar