Superliga 22-turdan o‘rin olgan uchrashuvning boshlanish vaqti o‘zgardi. Lekin...

  • 7 oktabr, 2021, 15:19
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

15-17 oktyabr kunlari Superligada 22-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. PFL bellashuvlarning boshlang‘ich vaqtlarini ma’lum qilgandi.

Tecno

Ammo bugun tashkilot "Sport" telekanali dasturlaridan kelib chiqib, bu turdan o‘rin olgan AGMK - "Mash’al" bahsining boshlanish vaqti o‘zgarganini xabar berdi. Unga ko‘ra ushbu uchrashuv 18:30da emas, balki 17:00da start oladi.

5 oktyabr kuni "Sport" telekanalining telegramdagi sahifasida o‘yinlarni namoyish etadigan telekanallar ro‘yxatini taqdim etgandi. Shunda Olmaliqdagi bellashuv 18:30da "Dunyo bo‘ylab" telekanalida ko‘rsatilishi belgilangandi. Qiziq, bu erda telekanal dasturlarida o‘zgarish bo‘ldimi yoki o‘yin "Sport" kanalida namoyish etiladigan bo‘ldimi? Shunisi, noaniqda!!!

"Navbahor" - "Bunyodkor", "Turon" - "Surxon" va boshqa o‘yinlar qaysi telekanallarda namoyish etiladi?

photo_2021-10-07_14-35-57

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!