
Superliga. "Andijon" - "Metallurg" bahsiga qancha muxlis tashrif buyurdi?
Ayni paytda Superliganing 8-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Metallurg" bahsi bo‘lib o‘tmoqda. Hozircha hisob 1:1.
Daler Sharipov 68-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 76-daqiqada Vladimir Bubanya hisobni tenglashtirdi. Ushbu bahsni bevosita maydondan kuzatish uchun "Bobur Arena"ga 19095 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Ma’lumot uchun, hozircha joriy mavsum rekordi "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvida qayd etilgan bo‘lib, mazkur bellashuvda "Istiqlol" stadioniga 19867 muxlis kelgandi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum

Andijan
- V. Bubanja 75'
Tugadi
1
:
1
18.05.2024 19:00

Metallurg
- D. Sharipov 68'
Fikrlar