Superliga. "Andijon" mavsumni g‘alaba bilan yakunladi, Vodiy derbisida kuchlar teng keldi
Xabaringiz bor kecha Superliganing so‘nggi 26-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Navbahor” hamda “Andijon” – “Qizilqum” bellashuvlari qalin tuman sabab to‘xtatilgan edi.
Bugun soat 12:00 dan boshlab vodiydagi har ikkala bahsning qolgan qismi davom ettirildi. Jumladan, "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida "Navbahor"ga qarshi bellashuvni yakunlab qo‘ydi va uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan poyoniga etdi.
52-daqiqada to‘xtab qolgan "Andijon" - "Qizilqum" qarama-qarshiligida mezbonlar Abdulloh Olimov tomonidan kiritilgan yagoga gol evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Fikrlar