Superliga. Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi

  • 8 may, 2024, 22:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisini aniqlab keladi.

Aprel oyida Superligada 1 ta, O‘zbekiston kubogida esa 3 ta bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlar davomida bir qator futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishdi.

Superliga. Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlar:

Vesko Steshevich ("Metallurg") – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 8:1

Vitaliy Levchenko ("Neftchi") – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 8:2

Samvel Babayan ("Navbahor") – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 4:2

Ivan Boshkovich ("So‘g‘diyona") – 4 o‘yin, 4 g‘alaba, to‘plar farqi 8:2

Fevzi Davletov ("Surxon") – 4 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 10:2

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan neytral shaxslar ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!