Superliga. Bugun 11-tur o‘yinlari yakunlanadi
Bugun Superliga 11-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida o‘tkaziladigan o‘yinda "Qo‘qon-1912" "Nasaf"ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Bugungi o‘yin oldidan qo‘qonliklar 15 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalida 8-pog‘onada bormoqda. 9-o‘rindagi "ajdarlar" hisobida 14 ochko mavjud.



Fikrlar