Superliga. "Bunyodkor" — "Andijon": Tarix toshkentliklar foydasiga

  • 24.04.2026 17:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Superligasi 9-turida "Bunyodkor" o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi. Uchrashuv oldidan jamoalarning o‘zaro statistikasi mezbonlar yaqqol ustunlikka ega ekanini ko‘rsatmoqda.

Tomonlar shu paytgacha 30 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Ularning 22 tasida “Bunyodkor” g‘alaba qozongan, “Andijon” esa faqat ikki bor zafar quchgan. Yana olti bahs durang bilan tugagan.

To‘plar nisbati ham toshkentliklar foydasiga — 57:16. Eng yirik g‘alabalar ham bu ustunlikni tasdiqlaydi: “Bunyodkor” raqibini 6:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, “Andijon”ning eng yirik g‘alabasi 5:1 bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, uchrashuv bugun soat 20:15'da "Bunyodkor" stadionida start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!