
Superliga. "Bunyodkor" mavsumdagi dastlabki g‘alabasini "Navbahor" ustidan qo‘lga kiritdi
Namangandagi "Markaziy" stadion chimi hali mavsumga tayyor bo‘lmaganligi bois, mazkur bahs Farg‘onada bo‘lib o‘tdi. "Istiqlol" stadionida kechgan ushbu bellashuvda "qaldirg‘ochlar" 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi.
Xurshid G‘iyosov (2 ta penaltidan) va Jasurbek Jaloliddinovlar tomonidan kiritilgan gollarga namanganliklar safida Abbos G‘ulomov va Aleksandr Kasyanlar javob qaytarishdi. Bahs so‘nggida Kasyan penaltini aniq amalga oshira olmaganligini qo‘shimcha qilish joiz.
Shu tariqa Vadim Abramov shogirdlari mavsumdagi dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar