Superliga. "Dinamo" - "Nasaf": O'zaro uchrashuvlarda ustunlik kim tomonida?
Xabaringiz bor, bugun Vadim Abramov boshqaruvidagi "Dinamo" o‘z maydonida Ro‘ziqul Berdievning "Nasaf"ini qabul qiladi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:00’da start oladi.
Mazkur ikki jamoa shu kungacha o‘zaro 46 ta uchrashuvda to‘qnash kelgan. 23 ta bahsda "ajdarlar"ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 8 ta o‘yinda samarqandliklar muvaffaqiyatga erishgan.
15 ta uchrashuv esa durang bilan yakunlangan. Gollarda ham ustunlik qarshiliklarda: 42 — 67.

Ma’lumot o‘rnida, Superliganing 2-turidan so‘ng "Dinamo" 3 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. "Nasaf" esa 6 ochko bilan 4-o‘rinni band qildi.

Fikrlar