Superliga. "Dinamo" - "Neftchi" uchrashuvi qoldirildi

  • 22 aprel, 19:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Samarqanddagi tadbirlar sabab "Dinamo" - "Neftchi" uchrashuvi qoldirildi. Bu haqda O‘zPFL xabar berdi. 

"Shu yilning 23-aprel sanasidan may oyining birinchi o‘n kunligiga qadar Samarqand shahriga oliy martabali mehmonlar tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan, deb ma’lum qildi Samarqand viloyati hokimligi Ligaga yo‘llagan maktubida. Xatda Superliga 7-turidan o‘rin olgan Dinamo — Neftchi uchrashuvi sanasini o‘zgartirish so‘ralgan. 

Mazkur bellashuv 25-aprel kuni bo‘lib o‘tishi lozim edi. Endilikda Samarqand shahrida bu uchrashuvni o‘tkazish imkoniyati kamroq ekanligidan kelib chiqib, u Liga taqvim rejasidan zaxira kuni sifatida o‘rin olgan iyul oyining dastlabki kunlaridan birida o‘tkaziladi. Bellashuvning aniq sanasi O‘zbekiston kubogi musobaqasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlanganidan so‘ng e’lon qilinadi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston kubogi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinlari 21-may kuni o‘tkaziladi. 22-may kuni esa musobaqaning 1/8 final bosqichiga qur’a tashlanadi. Superliganing 13-15 tur uchrashuvlari sanalari qur’a natijasidan kelib chiqqan holda e’lon qilinadi", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!