
Superliga. Golli uzatmalar soni bo‘yicha kim etakchilik qilmoqda? (Foto)
O‘zbekiston Superligasida 13-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Mazkur turda ham tomoshabinlar shiddatli uchrashuvlar guvohi bo‘ldi.
Ushbu tur yakuniga etgach, O‘zPFL matbuot xizmati musobaqada eng ko‘p golli uzatma muallifiga aylangan futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, jadvalda 7 ta assist bilan "Qizilqum" futbolchisi Aleksandar Stanislavlevich etakchilik qilmoqda.
Keyingi pog‘onalarni 4 ta golli uzatma bilan 3 o‘yinchi band etgan. Ular Shohmalik Komilov ("Dinamo"), Jamshid Boltaboev ("Navbahor") va Otabek Jo‘raqo‘ziev ("Olimpik").
Fikrlar