Superliga grandi Balotelliga shartnoma taklif qilmoqda

  • 13 aprel, 2020, 19:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning "Galatasaroy" klubi "Breshiya" forvardi Mario Balotelliga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikola Skira xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Superliga grandi 29 yoshli italiyalik futbolchiga “2+1” ko‘rinishida shartnoma taklif qilmoqda. Balotelli ham yana Italiya terma jamoasiga qaytishi uchun nisbatan kuchliroq jamoaga qaytish istagida.

Balotelli joriy mavsum “Breshiya” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!