Superliga. "Mash’al" so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "Mash’al" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda jamoalar 2:2 hisobida durangga imzo chekdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Anvar Xojimirzaev hisobni ochdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, Jamoliddin Ubaydullaev hisobni qisqartirdi. Mo‘min Melievning 36-daqiqadagi goli Ashurmatov shogirdlarini oldinga olib chiqdi.

Bellashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ubaydullaev dublini rasmiylashtirib, muborakliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!