
Superliga. "Metallurg" so‘nggi marta qachon g‘alaba qozongandi?
Bugun Superliganing 8-turida "Metallurg" "Andijon" mehmoni bo‘ladi. Ushbu mavsum hali g‘alaba qozona olmagan Steshevich shogirdlari 3 ochko bilan 13-pog‘onani band qilib turibdi. Jamoa 9 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Bu borada "Paxtakor", "Lokomotiv" (10) va "Surxon" (12) klublari peshqadam bo‘lib turibdi.
"Metallurg" Superliga doirasida ketma-ket 6 ta bahsdan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Klub 3 bor durang o‘ynagan bo‘lsa, 3 marta mag‘lubiyatga uchradi. Bekobodliklar so‘nggi bor o‘tgan mavsumning oxirgi turida "Olimpik" ustidan zafar quchgandi.
O‘shanda G‘ofurov dastlab dubl qilib, farqni ikkitaga oshirib qo‘ygan bo‘lsa, 87-daqiqada Jaloliddinov javob qaytargan. Mazkur g‘alaba orqali "Metallurg" mavsumni 10-o‘rinni egallagan holda yakunlagandi. Shundan beri klub hali beri bir o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritishni eplay olgani yo‘q.
Fikrlar