
Superliga. OKMK "Paxtakor"ga qarshi 34 o‘yinning atigi 5 tasida g‘alaba qozongan (prevyu)
O‘zbekiston Superligasining 20-turi doirasida OKMK mehmonda "Paxtakor" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Mazkur bahs oldidan OKMK matbuot xizmati prevyuni taqdim etdi.
Ayni paytda jamoalar turnir jadvalida birinchi va beshinchi pog‘onalarni band etib turibdi. "Sherlar" musobaqada o‘tkazilgan barcha 19 uchrashuvdan so‘ng 42 ochko jamg‘argan bo‘lsa, "konchilar" 19 o‘yinda 29 ochko to‘plagan.
Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar solsak, barcha musobaqalardagi o‘tkazilgan o‘yinlarda katta ustunlik "sherlar" tarafida. 34 o‘yindan 5 tasida OKMK g‘alaba qayd etgan, "Paxtakor"da esa 25 g‘alaba mavjud va qolgan 4 bellashuvda durang qayd etilgan.
Fikrlar