Superliga. "Olimpik"ning bu safar ham "Qizilqum"ga "tishi o‘tmadi"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Superligasi 18-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" va "Olimpik" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Mezbonlar safidan Islom Kenjaboev va Temurxo‘ja Abduholiqov gol urgan bo‘lsa, "olimpiyachilar"dan Otabek Jo‘raqo‘ziev o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi birinchi davradagi bellashuvda ham Lazerovich shogirdlari g‘alaba qozongandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдурахман Абдувалиев
08/09/2022 22:01
Олимпикни ютишни йўли бор деган эди Бабаян, ўзи бошлаб берганди кубокда, энди бошқалар хам давом эттиришмоқда, қоил лекин