Superliga. "Paxtakor" bahsli gol evaziga "Nasaf"ni mag‘lub etdi
"Paxtakor" markaziy stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi - 2:1. Dastavval 12-daqiqada Marat Bikmaev penaltidan gol kiritib, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘lim avvalida hujumga zo‘r bergan qarshiliklar muvozanatni tiklashdi. Bu vaziyatda Vladimir Kozak pala-partishlik jarayonida o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Bahs so‘nggida esa Egor Krimets gol kiritib "sherlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Bu vaziyatda Egor ofsaydda turgandek taassurot uyg‘otganini qayd etish joiz.

Fikrlar
Noto‘g‘ri gapirgan bo‘lsam uzr