Superliga peshqadamlari kubok doirasida to‘qnash keladi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superligada yakuniga etgan 5-tur bahslaridan so‘ng e’tiborni O‘zbekiston kubogi turniriga qaratamiz. Ayni damda chempionatda karvonboshilik qilib kelayotgan "Neftchi" hamda "Bunyodkor" jamoalari musobaqaning "S" guruhidan joy egallagan bo‘lib, 12 aprel kuni Farg‘onadagi "Istiqlol" markaziy o‘yingohida kubok uchun kurashga kirishadilar.

Raqibimiz "Bunyodkor" futbol klubi 2005 yilda "Quruvchi" nomi bilan tashkil etilgan jamoadir. 2008 yildan e’tiboran jamoa "Bunyodkor" nomi ostida to‘p sura boshladi. O‘tgan davr mobaynida "Bunyodkor" O‘zbekistonning 5 karra chempioni, 3 karra kumush medallar, 4 karra O‘zbekiston kubogi va bir marotaba Superkubok sohibi bo‘lgan. 2008 va 2012 yilda "Bunyodkor" OChL kubogining yarim finaligacha etib borgan.

Milliy chempionatimizga kelsak, jamoalar o‘zaro 26 marta ro‘baro‘ kelishgan. Bulardan "Neftchi"da 5ta o‘yinda g‘alaba va 17 ta bellashuvda mag‘lubiyat mavjud, 4 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 22-55 toshkentliklar foydasiga.

O‘zbekiston kubogi doirasida jamoalar to‘rt marta kuch sinashgan. Bu qarama-qashilikdagi ko‘rsatkich ham poytaxtliklar foydasiga:

27.07.2017. "Bunyodkor"-"Neftchi" 3:1
30.06.2017. "Neftchi"-"Bunyodkor" 1:2
04.07.2010. "Bunyodkor"-"Neftchi" 4:1
30.06.2010. "Neftchi"-"Bunyodkor" 2:3

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!