Superliga. "Qo‘qon-1912" - "Neftchi": O‘zaro o‘yinlar tarixidan
Superligasi 2-davrasining dastlabki turidan o‘rin olgan “Farg‘ona derbisi”da “Qo‘qon-1912” va “Neftchi” klublari Yaypanda to‘qnash keladi.
Mazkur jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida shu kunga qadar 29 bora to‘qnash kelgan. “Neftchi” 19 ta o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 4 marta durang qayd etilgan.
“Qo‘qon-1912” raqibini olti marta mag‘lub etgan. To‘plar nisbati “Neftchi” tomonida – 70:37. O‘zaro o‘yinlarda “yo‘lbarslar” 61 ochkoga ega bo‘lgan bo‘lsa, “shunqorlar” 22 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Cuperliganing bu mavsumdagi 1 turidan o‘rin olgan “Neftchi” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvi ham Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha bahsning 89-daqiqasida Shahzodbek Ubaydullaev penaltidan gol kiritib, “Neftchi” jamoasining g‘alabasini ta’minlagan edi.
Manba: "Qo‘qon-1912" PFK maatbuot xizmati.

Fikrlar