
Superliga. Texnik sabab tufayli VAR “So‘g‘diyona” — “Bunyodkor” o‘yinida ishlamaydi
Superliga 18-turining 5 ta o‘yinida VAR texnikasidan foydalanish rejalashtirilgandi. Hozirgacha mazkur texnika Qo‘qon, Toshkent shahri, Toshkent viloyatidagi o‘yinlarda ishladi.
Bugun — 16 sentyabr kuni mavjud ikki texnikaning biri “Lokomotiv” — “Surxon” o‘yinida ishlashi rejalashtirilgan. Biroq Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadigan “So‘g‘diyona” — “Bunyodkor” o‘yinida teleradiokompaniya rejalari bilan bog‘liq o‘zgarish sabab, VAR texnikasi ishlamaydigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Shu tariqa Rahimbek Karimov, Timur Gaynulin, Valentin Kovalenko kabi hakamlarning Jizzaxga safari qoldirildi.
Fikrlar