
Superliga to‘plarining narxi qancha va uni qaerdan sotib olish mumkin?
Xabaringiz bor bugun O‘zbekiston professional futbol ligasi yangi 2020 yilgi mavsumda foydalaniladigan rasmiy to‘plarni namoyish qildi.
Ta’kidlash kerakki, Puma kompaniyasi tomonidan tayyorlangan ushbu to‘p Germaniyadan keltirilgan bo‘lib, u charmdan tayyorlangan. Uning erkin savdodagi narxi esa taxminan 120 evroni tashkil etadi.
Mavsum davomida ushbu to‘plani Superliga klublari qoshida tashkil etilgan maxsus do‘konlardan xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Fikrlar