Superligada 19-tur uchrashuvlari yakunlandi
"Qo‘qon-1912" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga Avazxon Mamatxo‘jaev, Shaxboz Erkinov va Murod Xolmuhammedovlar mualliflik qildi.
Shu tariqa, qo‘qonliklar hisobidagi ochkolar soni 20 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Bunyodkor" esa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tufayli 4-o‘ringa tushib ketdi.
"Navbahor" esa "Paxtakor"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdagi yagona gol 27-daqiqada Dostonbek Hamdamov tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, "sherlar" hisobidagi ochkolar soni 53 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni davom etttirmoqda. 25 ochkosi bor "lochinlar" esa 7-pog‘onadan joy olishgan.
Samvel Babayan qo‘l ostidagi "Lokomotiv" bu tur ham ochko yo‘qotdi. "Temiryo‘lchilar" "Metallur"ni enga olishmadi - 1:1.

Fikrlar